
Ayni kunlarda butun turkiy xalqlari orasida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi oldidan qator tadbirlar, g’azalxonlik kechalari, davra suhbatlari tashkil qilib kelinmoqda.
Jumladan, bugun – 06.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida ham «Navoiy dahosini idrok etish va tuyish sari yo’l» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Ushbu davra suhbatini institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov ochib berdi. Shundan so’ng Andijon davlat universiteti professori, Filologiya fanlari doktori A.Sh.Sobirov talaba-yoshlar g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijod yo’li xususida ma’ruza qildi. Talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo’ldilar.