
Andijon davlat chet tillari institutida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda.
Bugun – 05.02.2025-yil kuni institutga Janubiy Koreya Respublikasining U1 universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Ularni institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida institut vakillari kutib oldilar va o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokara stoliga o’tirdilar.
Muzokaralar yakunida har ikki tomon uchun manfaatli bo’lgan bir necha masalalar ijrosini amalga oshirishga yo’naltirilgan memorandum imzolandi.