INSTITUT PROFESSOR-O’QITUVCHILARI SEMINAR-TRENINGDA ISHTIROK ETDI

O’tayotgan haftada Andijon davlat tibbiyot institutida “Ilm-fandagi ayollar” nomli seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili amaliyoti kafedrasi oʻqituvchilari M.J.Mamadaliyeva, S.R.Maxmudova; Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi oʻqituvchilari R.R.Klebleyeva, G.X.Odilova ishtirok etdilar.

Seminar davomida spikerlar tomonidan shaxsiy brendni rivojlantirish, ilm yo‘lidagi ayollar tarixi, ilm olishning psixologiyaga ta’siri, ilmiy maqola yozish sirlari, Prezident va nomdor stipendiyalari, xorijiy stajirovka va ilmiy grantlar kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qib eshittirildi. Qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Leave a Reply

Skip to content