
Bugun – 05.02.2025-yil kunidan Andijon davlat chet tillari instituti talabalari uchun semestr yakuni bo’yicha yakuniy nazorat imtihonlariga start berildi.
Jumladan, Ingliz tili va adabiyoti fakultetida O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i o’rinbosari D.Umnov, fakultet dekani K.Karimov, Registrator ofisi xodimi S.Jamoldinov va boshqa mas’ullar ishtirokida yakuniy nazorat imtihonlarining rasmiy ochilishi bo’lib o’tdi.
Unda mas’ullar imtihonlar davomida barcha talabalarga omad tilagan holda, nimalarga ahamiyat qaratish zarurligini tushuntirib, imtihon jarayoni qonun-qoidalari bilan tanishtirib o’tdilar.