
Xabaringiz bor, o’tgan – 2024-yildan e’tiboran «QVZ Vodiy ligasi»ga asos solinib, ushbu yo’nalish ixlosmandi bo’lgan yoshlar o’rtasida saralash va final bosqichi o’tkazilgan.
Bugun – 04.02.2025-yil kuni ushbu liganing 2-mavsumiga start berildi. 1-mavsum davomida yuzlab muxlisalarning mehrini qozongan Andijon davlat chet tillari institutining «Antanta» jamoasi ushbu mavsumda ham o’zining qiziqarli chiqishlari bilan barcha tomoshabinlar hamda hakamlar olqishiga sazovor bo’ldilar.
Ayni vaqtda saralash bellashuvlari 1-turining yakuniy natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda.