
Bugun – 04.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Xo’jaobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 3 hamda Andijon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.
Ularni institutning O’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari D.Umnov, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Vositov, Ingliz tili va adabiyoti hamda Ingliz tili nazariy aspektlari kafedralari professor-o’qituvchilari N.Boltaboyeva, X.Mamadaliyeva, M.Jumaboyeva hamda G.O’rinboyevalar kutib oldilar hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdilar.
Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.