

Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari viloyat Yoshlar kengashi hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlikda Yangi Andijon massivida “Tabiatni asraylik” shiori ostida tashkil etilgan plogging ekologik aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. Aksiya davomida hududdagi maishiy chiqindilarni yig‘ilib, atrof-muhitni tozalash ishlarini amalga oshirdilar.
Plogging tadbiri yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jamoaviylik va ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilari bunday aksiyalarni muntazam tashkil etish tabiatni asrashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Mazkur ekologik aksiya yoshlarda tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirish, yashil hududlarni asrash va kelajak avlod uchun toza muhitni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Text box item sample content