TALABALAR SPEKTAKL NAMOYISHIDA ISHTIROK ETDILAR

Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.

Bugun – 03.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti «Ibrat» teatr studiyasi rejissori X.Jo’raboyev tashabbusi bilan Andijon viloyati musiqali drama teatridagi spektakl namoyishiga tashrif amalga oshirildi.

Institut matbuot xizmati rahbari A.Yunusov, Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutori S.Eshonqulov, «Ibrat» teatr studiyasi a’zolari hamda teatr ixlosmandi bo’lgan ko’ngilli talaba-yoshlar Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanidan tashrif buyurgan aktyorlar ijrosidagi «Jin devori» spektaklini tomosha qildilar.

Leave a Reply

Skip to content