
Bugun – 03.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Andijon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.
Ularni institutning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Vositov hamda Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri M.Axunovlar kutib oldilar hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdilar.
Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.