
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanloviga munosib nomzodlarni birinchi kursdan boshlab saralash, ular bilan maqsadli ishlash tizimini yoʼlga qoʼyish maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi tomonidan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida talabalar bo’lim boshlig’i M.Baltabayeva tomonidan Vazirlar Mahkamasining Respublika oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli yoshlarini qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish tizimini yanada takomillashtirush toʼgʼrisidagi Nizom bilan tanishtirib oʼtdi.
Shuningdek, iqtidorli talabalarga kafedralar tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbarlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida tushunchalar berildi.
Iqtidorli talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar va koʼrsatmalar berildi.