
Uzoq davom etgan qishki ta’tildan so’ng Andijon davlat chet tillari instituti talabalari o’z o’qish joylarini, ustozlari va do’stlarini sog’inib, ta’lim dargohi tomon oshiqdilar.
Institut rahbariyati esa ularni kutib olish uchun o’zgacha tayyorgarlik ko’rdi. Bugun – 03.02.2025-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutning rahbar va ishchi xodimlari, professor-o’qituvchilar talabalarni musiqa sadolari ostida, ko’tarinki ruhda kutib oldilar.
Aziz Talabalar! Ta’tildan keyingi o’quv faoliyatingizda omadlar tilagan holda, har bir dars mashg’ulotida mas’uliyatli bo’lishingiz zarurligini, professor-o’qituvchilarimiz tomonidan berilayotgan bilimlarni puxta egallab, o’z ustingizda tinimsiz mehnat qilishingiz lozimligini eslatib o’tamiz! Zero, siz bizning ishonchimiz, suyanchimiz, tayanchimizsiz