PROFESSOR-O’QITUVCHILAR UCHUN NAVBATDAGI O’QUV MASHG’ULOTLARI OLIB BORILDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar uchun belgilangan qishki ta’tildan unumli foydalangan holda professor-o’qituvchilar uchun o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda shaxsiy rivojlanishlariga qaratilgan dars mashg’ulotlari reja asosida tashkil qilib kelinmoqda.

Jumladan, bugun – 28.01.2025-yil kuni ham ushbu rejaga asosan dars mashg’uloti olib borildi. Unda Axborot siyosati masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi A.Yunusov tomonidan «Ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri va samarali foydalanish» mavzusida ma’ruza qilindi va jalb qilingan SMM mutaxassislar bilan hamkorlikda Facebook, Instagram, YouTube tarmoqlariga post, tarix joylash, ulashish amaliyotlarini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Bundan tashqari institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov so’z olib, xalqaro miqyosda ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati, hamkorlar e’tibor qaratadigan jihatlarga to’xtalib o’tdi.

Leave a Reply

Skip to content