
Bugun – 27.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Jalaquduq tumanidagi «Unique academy» o’quv markazi o’quvchilari va abituriyentlari tashrif buyurdilar.
Ularni institutning O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i o’rinbosari D.Umnov hamda Talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i X.Xakimov kutib oldilar hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdilar.
Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.