
Dual ta’limga e’tibor ortishi natijasida talaba-yoshlar o’qish bilan bir qatorda ish faoliyatini ham amalga oshirib, o’rgangan bilimlarini amaliyotda shu vaqtning o’zida qo’llay olish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.
Bugun – 28.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov boshchiligida mas’ullar Andijon tumanidagi 56-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ushbu umumta’lim maktabiga biriktirilgan talabalar hamda ularning Ustozlari olib borayotgan ishlar bilan tanishib, maktab rahbariyati bilan fikrlar almashildi.