
Bugun – 29.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2021-yil kungi “edo.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, institutda hujjatlar almashinuvini “Qogʻozsiz ish yuritish tamoyili” asosida amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF–76-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-trening tashkil qilindi.
Unda institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida barcha rahbar-xodimlar ishtirok etdilar. Unda Jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i R.Xametov tomonidan hujjatlar bilan ishlash bo’yicha nazariy hamda amaliy tushunchalar berib o’tildi.