
Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar uchun belgilangan qishki ta’tildan unumli foydalangan holda professor-o’qituvchilar uchun o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda shaxsiy rivojlanishlariga qaratilgan dars mashg’ulotlari reja asosida tashkil qilib kelinmoqda.
Jumladan, bugun – 25.01.2025-yil kuni ham ushbu rejaga asosan dars mashg’uloti olib borildi. Unda mas’ullar tomonidan «Ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlikning turli ko’rinishlarini oldini olish» mavzusida ma’ruza qilindi.