
Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan mahalla yoshlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida «Rektor kubogi» uchun stol tennisi musobaqasi tashkil qilindi.
Ushbu musobaqa ikki kun davom etdi. Dastlab, 24.01.2025-yil kuni 100 nafardan ortiq yoshlar orasida saralash bahslari bo’lib o’tgan bo’lsa, bugun – 25.01.2025-yil kuni final bosqichiga yo’llanma olgan havaskor sportchilar g’oliblik uchun kurashdilar.
Yakunda esa barcha raqiblarini mag’lub qilgan g’olib hamda sovrindorlar institut rektori D.A.Rustamov tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Yoshlar o’rtasida bunday sport musobaqalari reja asosida davom ettiriladi.