
Bugun – 24.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.
Ularni institutning Roman-german va slavyan tillari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Botirov hamda Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari L.Saidova, G.Mamasoliyevalar kutib oldilar hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdilar.
Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.