PROFESSOR-O’QITUVCHILAR ONLAYN MA’RUZA DARSIDA ISHTIROK ETDILAR

Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash «Ulug’bek» jamg’armasi tomonidan Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti professori B.N.Karimovning «Mahmudxo’ja Behbudiy va Turkiston jadidchiligi» mavzusidagi ma’ruza o’tkazilishi rejalashtirilgan va unda oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo’nalishlari bo’yicha professor-o’qituvchilari, doktorantlari va iqtidorli talabalarining  ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ma’ruzada ishtirok etishlari belgilangan edi.

Bugun – 24.01.2025-yil kuni bo’lib Andijon davlat chet tillari institutining professor-o’qituvchilari, doktorantlari va iqtidorli talabalari ham belgilangan ushbu «Mahmudxo’ja Behbudiy va Turkiston jadidchiligi» nomli ma’ruzada O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i o’rinbosari D.Umnov boshchiligida ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etdilar va jarayonni kuzatib bordilar.

Leave a Reply

Skip to content