
Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash, professor-o’qituvchilarning esa o’z ustilarida doimiy ishlab, shaxsiy rivojlanishlariga erishishlari uchun tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan professor-o’qituvchilarning xalqaro loyihalarda faol ishtiroki ham ta’minlamoqda.
Ayni vaqtda ham institutning 4 nafar professor-o’qituvchilari: N.Xaydarova, X.Davlatova, S.Abdulazizova, M.Djalaldinovalar Urganch davlat universitetida bo’lib turibdilar.
Ustozlarimiz u yerda Britaniya Kengashining “Accelerating English
Language Learning in Central Asia (AELLCA) – Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish” loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti hamda Qozog‘iston Respublikasining A.Baytursunov nomidagi Kostanay davlat universiteti bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilarini malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarda ishtirok etmoqdalar. Shu bilan bir qatorda xorijlik professor-o’qituvchilar bilan dars jarayonlarini tashkil etish bo’yicha tajriba almashmoqdalar.