
Xabaringiz bor, yanvar oyi boshida Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo’lib nufuzli universitetlarga tashrif buyurgan va o’zaro manfaatli kelishuvlarga erishgan edi.
Ayni vaqtda esa institutimiz vakillari – Reja-moliya bo’limi boshlig’i R.Sobirov hamda Ingliz tili amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi M.Ashurovlar shartnoma bandlarini muhokama qilish, moddiy va ish bilan ta’minlanish masalalarini to’liq hal qilish maqsadida Dubay shahrida bo’lib turibdilar.
Ular Dubay Sinergiya universiteti mas’ullari bilan uchrashuv o’tkazdilar. Uchrashuv davomida akademik mobillik asosida talabalar almashinuvini amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari yangi o’quv yilidan e’tiboran «3+1» qo’shma hamkorlik dasturi asosida talabalarni qabul qilish bo’yicha ham yakuniy to’xtamga kelindi.