
Andijon davlat chet tillari institutida rahbar va ishchi xodimlar, professor-o’qituvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o’zlari va oilasi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, institut rektori D.A.Rustamov tashabbusi bilan joriy yilning 1-fevral kuni institutning barcha xodimlari oila a’zolari ishtirokida «Oila kuni» sifatida sport, ma’naviy-ma’rifiy hamda ko’ngilochar tadbirlar tashkil qilinadi.
Kuni kecha ushbu tadbirni ko’tarinki ruhda o’tishini ta’minlash, tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, tadbirlar va musobaqalar uchun mas’ullar biriktirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O’.Rahmonov olib bordi va barcha mas’ullarni chora-tadbirlar rejasi bilan tanishtirib o’tdi.