
Dual ta’limga e’tibor ortishi natijasida talaba-yoshlar o’qish bilan bir qatorda ish faoliyatini ham amalga oshirib, o’rgangan bilimlarini amaliyotda shu vaqtning o’zida qo’llay olish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.
Bugun – 22.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilov boshchiligida mas’ullar Andijon tumandagi 23-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ushbu umumta’lim maktabiga biriktirilgan talabalar hamda ularning Ustozlari olib borayotgan ishlar bilan tanishib, maktab rahbariyati bilan fikrlar almashildi.