
So’nggi yillarda respublikamizda aholining murojaatlari, xususan, yoshlarning taklif hamda tashabbuslarini tinglab, ularni amalga oshirish tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu ishlarning uzviy davomi sifatida bugun – 21.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Andijon viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda institut hamkorligida yoshlarning taklif hamda tashabbuslarini o’rganish yuzasidan ochiq muloqot tashkil qilindi.
Ushbu ochiq muloqotda Andijon davlat chet tilari insituti rektori D.A.Rustamov bilan birgalikda Andijon viloyati hokimi o’rinbosari K.S.Komilov, Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi rahbari A.Tangirqulov hamda viloyatda ko’zga ko’ringan o’quv markazlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida viloyatda chet tillarini o’rgatish, unda zarur bo’lgan ko’maklar, ehtiyojmand oila vakillari uchun imtiyozlar ajaratish masalalari keng muhokama qilindi.