INSTITUTDA «REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI» BO’LIB O’TDI

Bugun – 21.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning taklif va muammolarini o’rganish, ular asosida ish tashkil qilish maqsadida «Rektor va yoshlar uchrashuvi» tashkil qilindi.

Uchrashuvni institut rektori D.A.Rustamov olib bordi va institutda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqbolli rejalar haqida nutq so’zladi.

Shundan so’ng uchrashuv talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlar, takliflar bilan davom etdi.

Xususan, institutda chet tili bilish darajasini bildiruvchi xalqaro sertifikatlar uchun tayyorlov testlarini tashkil qilish, turli «StandUp» loyihalarni amalga oshirish, Talabalar yozgi amfiteatrini barpo qilish, yoshlar qiziqadigan mashhur insonlar, qo’shiqchilar ishtirokida tadbirlar tashkil qilish takliflari shular jumlasidan.

Leave a Reply

Skip to content