
Xabaringiz bor, talabalarning qishki ta’til vaqtidan unumli foydalangan holda institut rahbar va ishchi xodimlari, professor-o’qituvchilari uchun shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishlariga erishishlari maqsadida dars mashg’ulotlari tashkil qilinmoqda.
Jumladan, bugun – 20.01.2025-yil kuni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov mentorligida rahbar xodimlar uchun «Prezident va Hukumat hujjatlari bilan ishlashni o’rganish» mavzusida mashg’ulot olib borildi.
Unda prorektor Muzaffar Abdumutallibovich tomonidan taqdimot hamda amaliy mashg’ulotlar orqali mavzu bo’yicha batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.