PROFESSOR-O’QITUVCHILAR UCHUN SEMINAR TASHKIL QILINDI

Bugun – 10.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilar uchun «Professor-o’qituvchilarga qo’yilgan talablar (KPI bilan tanishtirish)» mavzusida seminar tashkil qilindi.

Seminarni O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i S.Toshtonov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogagik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshlig’i B.Sotvoldiyevlar olib bordilar.

Seminar davomida professor-o’qituvchilar yil davomida o’quv-uslubiy hamda ilmiy yo’nalishdan KPI reyting ballarini qanday jamg’arib borishlari mumkinligi, ushbu jarayonda nimalarga e’tibor qaratishlari lozimligi to’liq tushuntirib berildi.

Leave a Reply

Skip to content