ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA «OCHIQ ESHIKLAR KUNI»

Bugun – 10.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Xo’jaobod tumanidan maktab o’quvchilari tashrif buyurdilar.

Ularni institutning Talabalar bilan ishlash va amaliyoti bo’limi bosh mutaxassisi D.Maxmudova kutib oldi hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdilar.

Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar. Ayniqsa, Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilov tomonidan ularga berilgan tavsiyalar kelajakda ilm yo’lini tanlashlari uchun turtki bo’ladi.

Leave a Reply

Skip to content