
Bugun – 09.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Botirov boshchiligidagi fakultet tyutorlari Talabalar turar joyida bo’ldilar.
U yerda talabalarning ta’til vaqtida nimalar bilan mashg’ul bo’layotgani, kun tartibi qanday o’tayotgani, qo’shimcha o’quv mashg’ulotlari yoki ish vaqtidan tashqari holatlarda shaxsiy rivojlanish uchun nimalarni amalga oshirayotgani yuzasidan suhbat tashkil qilindi.