
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, (https://t.me/adchti_uz/36658?single) Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan xizmat safari davomida bir necha foydali kelishuvlarni amalga oshirib qaytdi.
Navbatdagi manzil – «Synergy University Dubai» (Dubay Sinergiya universiteti)da bo’lgan Muzaffar Abdumutallibovichni universitet mas’ullari kutib olib, u yerda mavjud barcha shart-sharoit, o’quv, ilmiy va ma’naviy jarayonlarning tashkil qilinish tartibi bilan batafsil tanishtirib o’tdilar.
Shundan so’ng tomonlar o’zaro kelishuvga erishish, hamkorlik shartlarini muhokama qilish maqsadida muzokara stoliga o’tirdilar.
Dubay Sinergiya universiteti dubayning Jumeirah Lake Towers hududida uchta mashhur ko’lning birida – ulkan Platinium Tower biznes markazining 32-qavatida joylashgan bo’lib, ikki tomon qizg’in munozaralardan yakunida quyidagi kelishuvlarga erishdilar:
Professor-o’qituvchilar uchun Dubay Sinergiya universitetida stajirovkalar tashkil qilish;
Talaba-yoshlar uchun 6 oylik akademik mobillik dasturini ishga tushirish;
Stajirovka uchun kelgan professor-o’qituvchilar, akademik mobillik asosida o’qishini ko’chirgan talabalarni qo’shimcha ish joyi hamda imtiyozli shartlar asosida turar-joy bilan ta’minlash;
Yaqin kelajakda «3+1» hamkorlik dasturi asosida yo’nalish ochish va talabalarni qabul qilish.
Yana shuni ham ta’kidlab o’tishimiz lozimki, shu kunlarda institutdan Dubay shahriga 2 nafar mutaxassis yuborilishi reja qilinmoqda. Ular yuqoridagi masalalarning moliyaviy jihatlarini muhokama qilib qaytadilar.