
2024-yil davomida Andijon davlat chet tillari institutida ko’plab xorijiy ta’lim muassasalari, tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari tashkil qilinib, samarali faoliyatlar olib borildi. Institutning 2025-yilgi yo’l xaritasida bu yo’nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish ko’zlangan bo’lib, yangi yilning ilk kunlaridanoq bularni amalga oshirish uchun katta qadam tashlandi.
Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo’lib qaytdi. Ushbu safar davomida bir qator Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati bilan uchrashib, institut uchun manfaatli kelishuvlarni amalga oshirdi.
Dastlab dunyoning TOP-500 universitetlari qatorida turuvchi «American University of Ras Al Khaimah»(Ras El Xaymah Amerika Universiteti)ga tashrif buyurgan Muzaffar Abdumatallibovichni universitetning Marketing va talabalar bilan ishlash bo’limi mutaxassisi, MDH davlatlari bilan ishlash koordinatori Arujan Joldasbay kutib oldi hamda universitet, uning faoliyati, undagi auditoriyalar, laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirib o’tdi.
Shundan so’ng ikki tomon muzokara stoliga o’tirib, kelajakda birga amalga oshirilishi ko’zda tutilgan qator masalalarni muhokama qildilar. Yakunda quyidagi kelishuvga erishildi:
Ikki Oliy ta’lim muassasasi o’rtasida hamkorlikdagi ilmiy konferensiyalar tashkil qilish;
Professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun Ras El Xaymah Amerika Universitetida 3-6 oylik ingliz tili o’rganish kurslarini imtiyozli tarzda tashkil qilish;
Ikki Oliy ta’lim muassasasi o’rtasida hamkorlikda turli grant tanlovlarda ishtirok etish, hammualliflikda ilmiy izlanishlar olib borish, maqolalar yaratish.