REKTOR VA HOKIM TALABALAR BILAN UCHRASHDI

Bugun – 21.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti hamda Andijon tumani hokimligi tashabbusi bilan tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida dual ta’limni tashkil qilish, maktab o’quvchilarining chet tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvni institut rektori D.A.Rustamov ochib berdi va bu tadbirni tashkil qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar haqida tushunchalar berib o’tdi. Shundan so’ng Andijon tumani hokimi B.B.Yuldashev so’z olib, bugungi kunda yurtimizda ta’limga, xususan, chet tillarni o’rganishga qaratilgan e’tibor, hukumat tomonidan chiqarilayotgan qarorlar xususida fikr yuritdi.

Uchrashuvga Andijon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi rahbariyati, tumandagi barcha ta’lim muassasalari direktorlari va institutning yuqori kurslarida tahsil olayotgan Andijon tumanidan bo’lgan 108 nafar talabalar taklif etilgan bo’lib, talabalar o’zlarining yashash hududidan kelib chiqqan holda maktablarga biriktirildi.

Talabalarga maktablarda tajribali ustozlardan metodik ko’nikmalarni o’zlashtirish bilan bir qatorda ushbu maktabda tahsil oluvchi o’quvchilar uchun chet tili to’garaklarini tashkil qilishi lozimligi, institutdan biriktirilgan mas’ullar nazorati ostida ularni o’qitishlari va tumanda, viloyatda o’ziga xos natijalarga erishishlari zarurligi tushuntirildi.

Joriy o’quv yili yakuniga ko’ra eng yaxshi natija qayd etgan talabalar institut rahbariyati hamda tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg’alar hamda ota-onasi uchun chet el sayohati yo’llanmasi bilan taqdirlanishi e’lon qilindi.

Leave a Reply

Skip to content