«Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material» tanlovi o’tkaziladi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda ularning rag’batlantirish maqsadida 35 yoshgacha bo’lgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar uchun tashkil etilgan «Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material» tanlovi o’tkazilishini ma’lum qilamiz!
Tanlovda ishtirokchilar ilmiy-ommabop jurnal va gazetalarda e’lon qilingan maqola, sharh va boshqalarni ( hammualliflikda e’lon qilingan materiallar bundan mustasno) taqdim etishlari mumkin bo’ladi.
Tanlov nizomi (https://t.me/ADCHTI_nizomlar/31)
G’olib va sovrindorlar diplom hamda quyida miqdorda moddiy rag’batlantiriladi:
1⃣-o’rin bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;
2⃣-o’rin bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida;
3⃣-o’rin bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida.
Mazkur xabar yuzasidan qo‘shimcha savollar bo‘lsa, Iqtidorli talabalarning Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga yoki @ismoilova_m_04 telegram manziliga murojaat qilishingiz so‘raladi.