REKTOR KITOBXON TALABALAR BILAN UCHRASHDI

      

Millatni millat qiladigan, yurtni davlatlar orasida o’z o’rni, o’z so’zi bo’lishini ta’minlashda kitobxonlikning o’rni beqiyos. Shu sababdan ham Muhtaram Yurtboshimiz o’z faoliyatini boshlagan davrdayoq ilk e’tiborini yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish bo’yicha tashabbusdan boshlagan.

Andijon davlat chet tillari institutida ham talabalrning kitobga bo’lgan muhabbatini oshirish yo’lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. «Kitobxon fakultet», «Kitobxon talaba», «Men o’qigan kitobimni do’stimga tavsiya qilaman» kabi loyihalar shular jumlasidan. Bundan tashqari ayni vaqtda professor-o’qituvchilar D.Turg’unov hamda M.Bahriddinovlar tomonidan ham katta bir loyiha ustida ish olib borilmoqda.

Bugun – 21.12.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov institutdagi kitobxon talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida samimiy suhbat olib borilib, rektor Dilshodbek Abduvahidovich ham, talaba-yoshlar ham o’zlarining hayotlarida kitobning o’rni, uning ta’siri haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida har bir talaba uchun o’zbek adabiyoti durdonalari sanalgan asarlar sovg’a qilindi.

Leave a Reply

Skip to content