YANGI YILGA YANGI ORZULAR BILAN

Andijon davlat chet tillari institutida yangi – 2025-yilni munosib kutib olish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun – 19.12.2024-yil kuni Roman-german va slavyan tillari fakultetida «Yangi yilga yangi orzular bilan» nomli bayram tadbiri tashkil qilindi.

Fakultet tyutori R.Sultonov tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O’.Rahmonov ochib berdi va barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy tabrikladi. Shundan so’ng tadbir davomida iqtidorli talaba-yoshlar o’zlarining badiiy chiqishlari bilan barchaning kayfiyatini ko’tarib, bayram shukuhini olib kirdilar.

Leave a Reply

Skip to content