Qish fasli ayni kunlarda yurtimizda nisbatan sovuqroq havo harorati bilan barchani e’tiborli bo’lishga chorlamoqda.
Bugun – 19.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov institut Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida qozonxonalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, issiqlik bosimi, nazorat jadvalini ko’zdan kechirdi.
Shundan so’ng binoning ichki qismidagi o’rtacha haroratni ko’rar ekan, mas’ullarga doimiy issiqlikni saqlash, talabalar uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.