Argos.uz – davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali hisoblanib, o’z ish faoliyatini davlat fuqarolik xizmatlarida olib borishni istagan har qanday kadr bu portalda munosib ish joyini topa olishi mumkin.
Kuni kecha – 18.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida bitiruvchi-yoshlarning Argos.uz portali imkoniyatlaridan xabardor bo’lishlari, kelgusida munosib ish o’rinlariga ega bo’lish ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv institutnign Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i X.Xakimov tashabbusi bilan tashkil qilinib, unda O’zbekiston Respublikasi huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali boshqarmasi bosh inspektorlari S.Ismoilov va N.Fozilovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida bitiruvchi-talabalarga mutaxassislar tomonidan portalni tashkil qilish va faoliyatini olib borish sabablari, undagi imkoniyatlar xususida to’liq ma’lumotlar berib o’tildi.