TALABALAR TA’TIL VAQTINI MAZMUNLI O’TKAZISH MASALASIDA YIG’ILISH BO’LIB O’TDI

Xabaringiz bor, respublikamiz bo’ylab oliy hamda professional ta’lim tizimi talabalari uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram ta’tili e’lon qilindi.

Andijon davlat chet tillari instituti ma’muriyati esa ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda talaba-yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu ta’til muddatini uzaytirdi.

Bugun – 20.12.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov raisligida mas’ullar ishtirokida tezkor yig’ilish tashkil qilindi va unda qator masalalar ko’rib chiqildi.

Jumladan, institutda Yangi yil bayramini yuqori kayfiyatda nishonlash, talaba-yoshlarni yuqori kayfiyatda ta’tilga kuzatish, ular bilan ta’til davomida turli onlayn ko’rik-tanlovlar olib borish masalalari keng muhokama qilinib, rektor Dilshodbek Abduvahidovich tomonidan mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Leave a Reply

Skip to content