Andijon davlat chet tillari institutining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan Yoshlar akademiyasiga a’zolik uchun tayyorgarlik sifatida loyihalar taqdimoti davom etmoqda.
Navbatdagi taqdimot muallifi IIngliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: Arab tili yo’nalishi 1-bosqich 102-guruh talabasi Dilrabo Хusnitdinova o’z loyihasini slayd va video asosida taqdim etdi.
Taqdimot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Seminar yakunida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i M.Baltabayeva yosh iqtidorli talabaning loyihasi yuzasidan o’z munosabatini bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.