O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat chet tillari instituti Boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan institut Talabalar turar joyida «Movie time» loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
Kuni kecha ushbu loyihaning navbatdagi namoyishi ham bo’lib o’tdi. Unda talabalar qishning uzoq oqshomini do’stlar davrasida sevimli filmni tomosha qilish bilan mazmunli o’tkazdilar.