BESH MUHIM TASHABBUS MARKAZI LOYIHASI: «NAFOSAT» KLUBI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti Besh muhim tashabbus markazi tomonidan ayni kunlarda o’nlab loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri «Nafosat» klubi faoliyati sanaladi.

🇺🇿Muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan besh tashabbusning so’nggisi – Xotin-qizlarni kasb-hunarga o’rgatish bo’lib, aynan shu tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu klub joriy qilingan.

Kuni kecha klubning odatdagi mashg’ulotlari bo’lib o’tdi va unda talaba-qizlar turli buyumlarni o’z qo’llari bilan yasab ko’rdilar.

Agar siz ham ushbu loyihada ishtirok etishni istasangiz, @Akhunoovaa1 telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Leave a Reply

Skip to content