Kuni kecha – 12.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetining navbatdagi 3-Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Ushbu Kengash yig’ilishini institut O’quv ishlari bo’yicha prorektori E.E.Kurbanov ochib berdi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining joriy yildagi 451 hamda 452-sonli buyruqlari mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.
Shundan so’ng yig’ilish raisi K.Karimov tomonidan fakultetda olib borilayotgan ishlarning tanqidiy-tahliliy xulosasi berildi.
Yig’ilish davomida fakultetda ta’lim sifati, ilmiy ishlarning olib borilishi, tyutorlarning faoliyati yuzasidan mas’ullar hisobotlari tinglandi. Shundan so’ng bitiruvchi talabalarning dual ta’limni olib borishiga to’xtalib o’tilib, ushbu yo’nalishda nazoratni kuchaytirish masalasi ko’tarildi.