Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlari ochiq, sifatli tarzda olib borilishi, talaba-yoshlarga yangi metodlar asosida ta’lim berilishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Bugun – 12.12.2024-yil kuni Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o’qituvchisi Tadjiboyeva Gulzoda Baxromjon qizi tomonidan Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo’nalishi 4-bosqich talabalari uchun ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.
Ushbu ochiq dars mashg’uloti Chet tillarini oʻqitishning integrallashgan kursi fanidan «Principles of teaching different age groups» mavzusida olib borildi. Dars davomida ko’plab interaktiv metodlardan foydalanilib, talabalarni mavzuni to’la o’zlashtirishlariga erishildi. Yakunda darsda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar ustozlar tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.