Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyatlar tobora avj olmoqda.Mana shunday bir sharoitda barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: «Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir…»
Bugun – 12.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbatida Andijon viloyati hokimi o’rinbosari R.B.Arziyev, institut rektori D.A.Rustamov, rektor maslahatchisi A.Normuratov, prorektorlar, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida dastlab maxsus videorolik namoyish etildi. Shundan so’ng rektor Dilshodbek Abduvahidovich yig’ilishni ochib berdi va ilk so’zni viloyat hokimi o’rinbosari Rahmatillo Burxonovichga berdi. R.Arziyev o’z nutqini namoyish etilgan videorolik haqidagi talaba-yoshlarning fikrlarini tinglash bilan boshladi. Shundan so’ng faqatgina ilm bilan barcha narsaga erishish mumkinligi, jaholatni yengish uchun insonda keng dunyoqarash bo’lishi lozimligi, buning uchun esa ko’proq kitob o’qishga mehr qo’yish zarurligi, turli yot g’oyalar, jumladan, terrorizm, ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kuchli immunitet xosil qilish kerakligini bildirdi.
Institut rektori D.Rustamov esa yig’ilishni yakunlar ekan, institutning har bir talabasining kuchli bilim olishi va shu yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga tayyor bo’lgan vatanparvar kadr sifatida shakllanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishga doim tayyor ekanini ta’kidladi.