Kuni kecha Andijon davlat chet tillari institutida «Ochiq eshiklar kuni» loyihasini tashkil qildi.
Ushbu loyiha doirasida Xonobod shahridagi 6-umumta’lim maktabi o’qituvchilari va o’quvchilari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ularga Ingliz tili va adabiyoti fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Vositov, institut tyutorlari I.Yusupova hamda D.Xakimovlar hamrohlik qildilar.
Mas’ullar maktab bitiruvchilarini institut bo’ylab ekskursiya qildirib, olib borilayotgan ishlar va loyihalar bilan yaqindan tanishtirdilar. O’quvchilar bir olam taassurotlar bilan ortga qaytdilar.