Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlari ochiq, sifatli tarzda olib borilishi, talaba-yoshlarga yangi metodlar asosida ta’lim berilishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Bugun – 06.12.2024-yil kuni Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tili yo’nalishi 23/01-guruhda ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.
Ochiq dars mashg’uloti Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi G.Dumarova tomonidan Bolalar psixologiyasi fanidan «O’yin bog’cha yoshida yetakchi faoliyat sifatida» mavzusida olib borildi.
Ushbu dars davomida interfaol usullardan foydalangan holda talaba-yoshlarga yangi bilimlar berildi.