Besh muhim tashabbusning so’nggisi – xotin-qizlarni kasb-hunarga yo’naltirish bo’lib, bugungi kunda ushbu yo’nalishda Andijon davlat chet tillari institutida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori D.Xakimovga biriktirilgan Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo’nalishi 1-bosqich 24/04-guruh talabasi Muhlisaxon Tursunboyeva boshchiligida «Hunarmand qizlar» to’garagi o’z faoliyatini boshladi va ilk mashg’ulotlarini olib bordi.
Agar siz ham ushbu to’garakka a’zo bo’lishni istasangiz, @Muhlisa_1323 telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin.