Konstitutsiyamiz – mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosi. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, talaba-yoshlar ong-u shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida turli tadbir va davra suhbatlari bo’lib o’tmoqda.
Jumladan, bugun – 06.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida «Konstitutsiya – faxrimiz, g’ururimiz» mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbir fakultet tyutori A.Ashuraliyev tomonidan tashkil qilinib, unda ushbu tyutorga biriktirilgan talabalar tomonidan turli badiiy chiqishlar, sahna ko’rinishlari, konstitutsiyaga oid ma’lumotlar tomoshabinlar hukmiga havola etildi.
Tadbir davomida fakultet dekan o’rinbosari B.Botirov, institut profilaktika katta inspektori B.Xodjayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi M.Saliyevalar ham mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib o’tdilar.