BIZ TERRORIZM VA EKSTREMIZMGA QARSHIMIZ

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish – har birimizning muhim vazifalarimizdan biri sanaladi. Afsuski, bugungi kunda koʻplab insonlar, ayniqsa, yoshlar ushbu oqimlarga befarqlik bilan yondoshmoqdalar.

Bugun – 06.11.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida «Biz ekstremizm va terrorizmga qarshimiz» mavzusida talaba-yoshlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Fakultet dekani A.Ataboyev kirish nutqini so’zlab, bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda terrorizm hamda ekstremizm solayotgan xavf haqida gapirib o’tdi.

Shundan so’ng soha mutaxassislari: Andijon shahar IIOFMB JXX XPB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori, leytenant M.Najmiddinova, institut profilaktika inspektorlari B.Xodjayev va R.Jo’raboyevalar ham mavzu yuzasidan qator ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, har bir yosh turli yot g’oyalar ta’siriga qarshi immunitet shakllantirishi lozimligini ta’kidladilar.

Leave a Reply

Skip to content