JANGCHI-FAXRIYLAR HAMDA TALABALAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI BO’LIB O’TDI

     

8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Andijon davlat chet tillari instituti «Besh muhim tashabbus markazi» tomonidan jangchi faxriylar hamda talaba-yoshlar ishtirokida «Ularning hayot yo’li biz uchun ibrat» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbatini markaz rahbari A.Yunusov ochib berdi va har bir millat farzandining eng asosiy burchi – o’z yurtini himoya qilish, uning rivoji uchun hissa qo’shish ekanini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng jangchi-faxriylar so’z olib, o’zlarining hayotiy tajribalari bilan o’rtoqlashdilar, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga, ularning ta’lim olishlariga qaratilgan e’tibordan samarali foydalanib, kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari zarurligini uqtirdilar.

Leave a Reply

Skip to content